Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank 100 million AQSH dollarlik obligatsiyalarni xususiy joylashtirishni muvaffaqiyatli amalga oshirdi


05.08.2023 14:27

Joriy yilning 4-avgust kuni Oʻzsanoatqurilishbank umumiy qiymati 100 million AQSH dollari boʻlgan 5 yillik xalqaro obligatsiyalarni xususiy joylashtirishni yakunladi.

Tranzaksiyada investor sifatida Xalqaro moliya korporatsiyasi, Avstriya taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki, Germaniya taraqqiyot moliya instituti hamda tashkilotchi bank sifatida Fransiyaning “Societe Generale” banki ishtirok etdi.

Ushbu tranzaksiya Prezidentimizning shu yil 31-iyuldagi “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori doirasida amalga oshirildi. Hujjatda Bank tomonidan joriy yil yakuniga qadar kapital bozorlarida 100 million dollarlik “yashil” obligatsiyalarning chiqarilishi va joylashtirilishi belgilangan.

Jalb qilingan investitsiyalarning asosiy qismi “yashil” loyihalar, jumladan, energiya samaradorligini oshirish, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish, “yashil” qurilish, qayta tiklanadigan energiya hamda suvni tejashga oid loyihalar, shuningdek kichik va oʻrta biznes hamda ayollar tadbirkorligini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

Taʼkidlash joiz, ushbu tranzaksiyaga Osiyo infratuzilma investitsiyalari bankining “Project-affected People’s Mechanism – PPM” tartibi qoʻllaniladi. Bunda mazkur obligatsiya mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan loyihani tatbiq etish natijasida biror bir hududga ekologik va ijtimoiy jihatdan salbiy taʼsir koʻrsatilgan taqdirda muammo yechimiga PPM mexanizmlari asosida koʻmak berilishi koʻzda tutilgan.

Fuqarolar oʻz murojaatini quyidagi havola orqali yoʻllashi mumkin:
https://www.aiib.org/en/about-aiib/who-we-are/project-affected-peoples-mechanism/how-we-assist-you/i...



Другие новости

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...

03.12.2024 21:35:51
AQSHda ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zbekiston” biznes-forumi o‘tkazildi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...


Дата последнего обновления: 27.09.2023 11:47  
up