Все Кредиты
Oʻzsanoatqurilishbank moliya, buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi mutaxassislarni professional rivojlantirishning xalqaro standartlariga muvofiqlik maqomini oldi. Sertifikatlangan buxgalterlar uyushmasining (ACCA) mazkur sertifikati bankka professionallikni qadrlaydigan va oʻz xodimlarining salohiyatini rivojlantirishga birinchi darajali eʼtibor qaratadigan masʼul ish beruvchi maqomini beradi.
– „Oʻzsanoatqurilishbank“ ATB akkreditatsiyadan oʻtgan ACCA ish beruvchi maqomini olgan Markaziy Osiyodagi birinchi va hozirgi kunda yagona bank hisoblanadi, – dedi Bank buxgalteriya hisobi va moliyaviy menejment departamenti direktori Oybek Vohidov. – Hech kimga sir emaski, kompaniyalar uchun eng yaxshi aktiv bu – inson resursidir. Shuni inobatga olib, biz Oʻzbekiston bozoridagi eng yaxshi kadrlarni tanlab olib, ularni rivojlantirishga intilamiz. Shu bilan birga mazkur sertifikat bankimiz ACCA uyushmasi aʼzolarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlab, ularga yordam koʻrsatadigan ish beruvchi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
ACCA akkreditatsiyalangan ish beruvchisi maqomining olinishi bankka mahalliy va xorijiy bozorlardagi eng yaxshi mutaxassislarni ishga jalb qilish va natijada bank biznesini yanada barqaror rivojlantirishga keng yoʻl ochadi. Taʼkidlash kerakki, Oʻzsanoatqurilishbank xodimlari boʻlgan ACCA talabalari PER (amaliy tajriba) talablaridan ozod qilinadi, bu ularga ACCAga aʼzolikni eng qisqa vaqt ichida qoʻlga kiritish imkonini beradi.
Oʻzsanoatqurilishbank ACCA bilan hamkorlikni davom ettiradi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...