Все Кредиты
2023 yil 14 dekabr kuni ACCA (Association of Chartered Certified Accountants) Markaziy Osiyodagi faoliyatining 10 yilligi munosabati bilan ilk bora O’zbekistonda yangi (member) a’zolarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
Unda O’zsanoatqurilishbank “АCCА Approved Employer” ("АCCА tasdiqlagan ish beruvchi") maqomini tasdiqlovchi hujjat bilan taqdirlandi.
Shuningdek, O’zsanoatqurilishbank Buxgalteriya hisobi va moliyaviy menejment departamenti MHXS bo’yicha eksperti Baxtiyor Sagdullayevga ACCA a’zoligi (ACCA member) sertifikati tantanali ravishda topshirildi.
Qayd etish joizki, O’zsanoatqurilishbank xalqaro ACCA tashkiloti bilan bir necha yildan beri hamkorlik qilib keladi va Buxgalteriya hisobi va moliyaviy menejment departamenti MHXS boshqarmasining barcha xodimlari MHXSga oid ACCA sertifikatiga ega.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...