Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank AsiaMoney tomonidan taqdirlandi


01.04.2020 18:55

Oʻzsanoatqurilishbank AsiaMoney tomonidan taqdirlandi

AsiaMoney jurnali tomonidan oʻtkazilgan “2020 yilning eng yaxshi banki” (Best bank awards 2020) tanlovida Oʻzsanoatqurilishbank “Eng yaxshi mahalliy bank” nominatsiyasi boʻyicha gʻolib deb topildi.

Nashr ekspertlari Bankni mamlakatdagi eng yirik kredit muassasa sifatida qayd etib, soʻnggi 12 oydagi faoliyatini tahlil qilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining joriy yil 1 fevral holatiga bergan maʼlumotlariga koʻra, aktivlari oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 15,4 foizga oʻsib, 35,4 trln. soʻmni tashkil qilganligini qayd etgan.

Bankning 2018 yilda oʻtkazgan rebrending ishlariga, maxsus ishga tushirilgan SQB Premium ofisi faoliyatiga hamda davlat miqyosidagi keng infratuzilmasiga toʻxtalib, “garchi muassasa raqamli banking inqilobiga ishonsa-da, mamlakatdagi eng katta mijozlar bazasiga ega tashkilot sifatida oʻz xizmat koʻrsatish tuzilmalarini rivojlantirishda davom etmoqda”, deya fikr bildirgan.

AsiaMoney xabarida Oʻzsanoatqurilishbankning oʻtgan yil noyabr oyida London fond birjasida joylashtirgan 300 mln. dollar hajmidagi yevrobondlari ahamiyatiga alohida toʻxtanilgan. Jahon fond bozoriga chiqishda Oʻzbekiston banklari orasida ilk muhim qadam boʻlganligi taʼkidlangan.

Shuningdek, tahlilchilar Bankning kredit siyosatini ham yuqori baholab, mamlakatning dunyo moliya bozoriga integratsiyalashuvida omil boʻluvchi xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligini alohida tilga olgan.

Bank asosiy korporativ kredit tashkiloti ekanligi, xususan, 2019 yilda kredit resurslarining 49 foizi yirik korxonalarga, 40 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, qolgan qismi esa chakana mijozlarga ajratilganligi dalil qilib keltirilgan.

“Oʻzbekistonda biznesni rivojlantirish imkoniyatlari juda keng. Ammo, Oʻzsanoatqurilishbank kabi kredit tashkilotlari koʻmagi bilan ushbu jarayonlar yanada jadallashishi shubhasizdir”, deyiladi xabarda.

Maʼlumot uchun. “Best bank” tanlovi xalqaro nufuzli moliyaviy nashr – AsiaMoney jurnali tomonidan har yili anʼanaviy tarzda Osiyo Tinch okeani mintaqasidagi davlatlar banklari oʻrtasida oʻtkazib kelinadi. Bunda har bir mamlakat banklarining soʻnggi 1 yilda qaysi yoʻnalishlarda faol ish yuritganini baholash maqsad qilingan. Gʻoliblar “Eng yaxshi mahalliy bank”, “Eng yaxshi korporativ va investitsiya banki”, “Eng yaxshi xalqaro bank”, “Kichik va oʻrta biznesga eng yaxshi xizmat koʻrsatgan bank”, “Eng yaxshi raqamli bank”, “Korporativ ijtimoiy masʼullik jihatidan eng yaxshi bank”, “Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha eng yaxshi bank” kabi nominatsiyalar doirasida ragʻbatlantiriladi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 27.05.2020 22:02  
up