Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank Axborot xizmati bayonoti


16.01.2024 13:21


Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzsanoatqurilishbank Namangan viloyati hududiy boshqarmasi hamda “Namangan Investitsiya Profnastil” MCHJ oʻrtasidagi munosabatlar yuzasidan murojaat tarqaldi.

Ushbu holat oʻrganilganda quyidagilar maʼlum boʻldi:

Oʻzsanoatqurilishbank Namangan viloyati Bank xizmatlari ofisi tomonidan 2019-yil 16-dekabrdagi kredit shartnomasiga koʻra, qarz oluvchi “Namangan Investitsiya Profnastil” MCHJga 5-yil muddatga, 12 oylik imtiyozli davr bilan, yillik 12 foiz ustama toʻlash sharti asosida (shundan 4 foiz qismini Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan qoplab beriladi) 400 000 AQSH dollari miqdorida kredit ajratilgan.

Bunda loyihaga asosan korxona uchun Xitoy davlatidan sendvich panellari va germetik kley mahsulotlari ishlab chiqarish uskunalari sotib olinishi lozim edi.

Ammo, “Namangan Investitsiya Profnastil” MCHJ mutasaddilari kredit shartnomasi shartlarini buzgan holda bankdan ajratilgan kredit mablagʻlariga faqatgina germetik kley mahsulotlari ishlab chiqarish uskunalarini olib kelib (245 000 dollarlik), kredit toʻlovlarini muddatida toʻlamasdan kelgan.

2022-yil 15-oktyabrda hukumat komissiyasining Namangan viloyatiga tashrifi davomida tadbirkorlar ishtirokida oʻtkazilgan uchrashuvda berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida bank tomonidan “Namangan Investitsiya Profnastil” MCHJga qoʻshimcha yengilliklar berilgan. YAʼni, korxona uchun muddati oʻtgan kredit qarzdorligi boʻyicha toʻlov muddatlari uzaytirilgan, bankdan qoʻshimcha 700 000 dollar miqdorida kredit olishi mumkinligi, bunda avval ajratilgan kreditni toʻliq maqsadli ishlatishi hamda kreditning muddati oʻtgan toʻlovlari toʻlanishi lozimligi tushuntirilgan.

Biroq, qarz oluvchi tomonidan ushbu talablar bajarilmagani bois ish Namangan tumanlararo iqtisodiy sudiga oshirilgan va sudning 2022-yil 11-maydagi hal qiluv qaroriga asosan qarz oluvchi “Namangan Investitsiya Profnastil” MCHJdan bank foydasiga jami 318 610 dollar miqdoridagi kredit qarzini undirish belgilangan.

Qarz oluvchi tomonidan ushbu sud qarori talablari bajarilmagan holda, 2024-yilning 8-yanvar kuni Bankka garov shartnomasiga oʻzgartiritish kiritish xaqidagi kelishuv bitimini tuzish boʻyicha taklif xati va ushbu bitim loyihasi yuborilgan.

Bank tomonidan bitim loyihasi oʻrganib chiqilganda uning shartlari bank manfaatlari hamda qonunchilik normalari talablariga zidligi aniqlanib, hujjatni imzolash rad qilingan.


Bank Axborot xizmati





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 16.01.2024 14:21  
up