Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank Axborot xizmati bayonoti


20.07.2023 10:59

Joriy yil 19-iyul kuni telegramdagi “Revizor” kanalida Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari boʻyicha hisobot tayyorlash tizimini takomillashtirishda zaruriy yordam koʻrsatish va doimiy maslahatlar berib boruvchi (ekspert) jismoniy shaxsni yollash uchun shu yilning 14-iyunida eʼlon qilingan tanlov natijalarini ochiqlash soʻralgan.

Prezidentimizning 2020-yil 12-maydagi PF-5992 – sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2020-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi”da moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga oʻtish, biznes jarayonlarni maqbullashtirish va boshqaruv sifatining xalqaro standartlarini joriy qilish borasida qator vazifalar yuklatilgan.

Strategiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish, qolaversa, chuqur transformatsiya jarayonlarini muvaffaqiyatli yakunlashda davlat ulushiga ega yirik banklar uchun Xalqaro Sertifikatlangan buxgalterlar uyushmasi (ASSA) sertifikatiga ega professional mutaxassislarni jalb etishga zarurat kuchaydi.

Mazkur sertifikat buxgalteriya, audit, soliq va moliya sohasidagi xalqaro bilimlarni egallaganlik darajasini tasdiqlashi sababli, unga ega boʻlgan mutaxassislar mehnat bozorida nihoyatda raqobatbardosh boʻlgani bois yuqori haq toʻlashni taqozo qilmoqda.

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib, 2023-yilning 14-iyun kuni xarid.uzex.uz saytida 5 ish kuni muddatga “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari boʻyicha hisobot tayyorlash tizimini takomillashtirishda zaruriy yordam koʻrsatish va doimiy maslahatlar berib boruvchi (ekspert sifatida) jismoniy shaxsni tanlash” boʻyicha 24 oy muddatga yollanma xodim uchun eng yaxshi takliflar tanlovi eʼlon qilindi.

Ushbu tanlovga 2 nafar ishtirokchidan tijorat taklifi taqdim etildi. Tijorat takliflari belgilangan tartibda bankning xarid komissiyasi tomonidan oʻrganilib, nomzodlar taqdim qilgan hujjatlar asosida baholandi.

Elektron tanlov natijasiga koʻra, soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni hisobga olgan holda 1 (bir) oy uchun eng kam narx taklif etgan (55,0 mln. soʻm miqdorida) ishtirokchi bilan shartnoma imzolash boʻyicha qaror qabul qilindi.





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 27.09.2023 12:50  
up