Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank Birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi – “Eng namunali boshlangʻich tashkilot” koʻrik-tanlovi gʻolibi


22.09.2021 11:25

Oʻzsanoatqurilishbank Birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi – “Eng namunali boshlangʻich tashkilot” koʻrik-tanlovi gʻolibi

Joriy yilning 17-sentyabr kuni Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi boshlangʻich tashkilotlar oʻrtasida tashkil etilgan “Eng namunali boshlangʻich tashkilot” respublika koʻrik-tanlovining yakuniy taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi faoliyati yuksak baholanib, 100 nafardan ortiq aʼzosiga ega boshlangʻich tashkilot yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻringa munosib koʻrildi.

Mazkur tanlov Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tashabbusi bilan har ikki yilda bir marta boshlangʻich kasaba uyushma tashkilotlarining faoliyatini rivojlantirish, ular oʻrtasida sogʻlom raqobatni kuchaytirish maqsadida tashkil etib kelinmoqda.

Buning natijasida boshlangʻich tashkilotlarning korxona va tashkilotlarda xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy himoyalash, ularga yetarli mehnat va maishiy sharoitlarni yaratish, jamoa shartnomalarida belgilangan imtiyozlardan barcha xodimlar birdek foydalanishlarini tashkil etish, shuningdek, kasaba uyushma qoʻmitalari va tashkilotchilari faoliyatining oshkoraligini taʼminlash masalalariga eʼtibori kuchaydi.

«Eng namunali boshlangʻich tashkiloti» koʻrik-tanlovi ikki bosqichda –tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bosqichi hamda undagi aʼzolari soni 100 nafardan koʻp boʻlgan va 100 nafardan kam boʻlgan boshlangʻich tashkilotlar oʻrtasida boʻlib oʻtdi.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi 100 nafardan ortiq aʼzosiga ega boshlangʻich tashkilot yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻrin gʻolibligini qoʻlga kiritdi.

– Bir necha oʻnlab tashkilotlar orasida yuqori oʻringa erishish quvonchli va juda yoqimli voqea, albatta, – deydi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Muhabbat Gʻofurova. – Bunda rahbariyat qoʻllab-quvvatlovi va jamoamizning hamjihatligi alohida oʻrin tutadi. Shu bois bu baho va ragʻbatlarni butun bankimizniki deb bilaman.

Bank Axborot xizmati






Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 22.09.2021 11:27  
up