O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida “Ustoz-shogird” loyihasiga start berildi
02.04.2024 11:33
Joriy yilning 1-aprel kuni O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida “Ustoz-shogird” loyihasi ishga tushirildi.
Loyihaga ko‘ra, ustoz, avvalo, yoshlar ongiga milliy qadriyatlarimizni singdirishga alohida e’tibor qaratadi. Xususan, oila, ota-ona, farzandlar, ustozlar bilan munosabatlarning shaxs kamolotidagi ahamiyatini ochib berishi, eng muhimi, bu borada murabbiyning o‘zi namuna bo‘la olishi belgilangan.
Qolaversa, bankda bilim va malaka oshirish sohasini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy rivojlanishni ta’minlash, yangi ishga qabul qilingan xodimlar o‘rtasida moslashuv jarayonini kuchaytirish ham loyihaning ustuvor maqsadlaridan sanaladi.
https://youtu.be/KVHW-NyYhng
Bank Axborot xizmati
415
Другие новости