Все Кредиты
Joriy yilning 2-aprel kuni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisi Aziz Akbarjonov Nukus shahrida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda bank mas’ullari, hokim yordamchilari hamda yuzga yaqin ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.
Bank tomonidan yirik korxonalar va kichik biznes subyektlari uchun yaratilgan qulayliklar hamda ular samarasi qayd etildi. So‘nggi uch yilda muassasaning Qoraqalpog‘iston hududiy tarmoqlaridan tadbirkorlik sohasiga jami 1 trln. 584 mlrd. so‘m miqdorida kredit ajratilib, 2200dan ziyod ish o‘rni yaratilgan. Joriy yilda bu ko‘rsatkichni yanada oshirish ko‘zda tutilgan.
Uchrashuvda hudud ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yanada yaxshilashga hissa qo‘shish maqsadida tuman va ovullar salohiyati, tadbirkorlar imkoniyati hamda aholi qiziqishi bo‘yicha fikr almashildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida hal qilingan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish zarur deb topilgan masalalar yechimi qat’iy nazoratga olindi.
Uchrashuvda yetakchi tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvtlash orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Ta’kidlash joiz, Bank rahbariyati ishtirokidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot hududlarda faol davom etmoqda.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...