Все Кредиты
Oʻzsanoatqurilishbank Boshqaruv raisi Saxi Annaklichev Navoiy viloyatida muassasa tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalarning joriy holati bilan tanishdi. Hududdagi yirik korxona – “Gazgan Marble Group” masʼuliyati cheklangan jamiyati mutasaddilari bilan uchrashdi.
Shu yilning 22-avgust kuni Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida bildirilgan tashabbus va takliflarni amalga oshirish natijasida ular faoliyatida yuz bergan ijobiy oʻzgarishlar mutasaddilar tomonidan oʻrganib borilmoqda.
Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan ham har oyda hududlarda tadbirkorlar ishtirokida uchrashuvlar oʻtkazilib, hududlar salohiyatidan kelib chiqib yangi loyihalarni ishga tushirish masalalari oʻrganilmoqda.
Saxi Annaklichev boshchiligidagi masʼullar Navoiy viloyatida Bankning moliyaviy koʻmagida ishga tushirilgan “Gazgan Marble Group” MCHJda boʻlib, ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishdi.
Gʻazgʻon marmar toshini qayta ishlab, turli oʻlchamdagi kompozit plitalar va arxitektura mahsulotlari ishlab chiqarayotgan ushbu korxona shu yil iyul oyida faoliyat boshladi. Buning uchun Bank tomonidan 13,3 mln. yevro miqdorida xorijiy kredit liniya jalb qilindi. Natijada 300 ta ish oʻrni yaratildi.
Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 300 ming kv. metr kompazit plitalar va 500 tonna arxitektura mahsulotlariga tengdir.
Oʻtgan davr mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotlar toʻliq eksport qilindi. Loyihaga binoan kelgusida bu boradagi koʻrsatkichni 4 mln. dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Bank Boshqaruvi raisining tadbirkor bilan uchrashuvi chogʻida korxonani toʻliq quvvatda ishga tushirib, ishlab chiqarish hajmini oshirish va eksportni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...