Yangiliklar

O‘zsanoatqurilishbank – bunyodkorlik ishlariga kamarbasta


25.06.2019 15:43

O‘zsanoatqurilishbank – bunyodkorlik ishlariga kamarbasta

Mamlakatimizda davlatimiz rahbari rahnamoligida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlariga O‘zsanoatqurilishbank munosib hissa qo‘shmoqda. Bugun, 2019-yilning 25-iyun kuni Milliy matbuot markazida tashkil etilgan matbuot anjumanida ana shular xususida axborot berildi.

Ta’kidlanganidek, Prezidentimizning 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zsanoatqurilishbank Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat-xususiy sherikchilik (DXSh) asosida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari (MTM) qurilishini moliyalashtirishga mas’ul hisoblanadi.


Qaror bilan tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga muvofiq, Bank ko‘magida Qoraqalpog‘istonda tashkil etilishi rejalashtirilgan 179 ta MTMdan 129 tasi bo‘yicha uch tomonlama bitimlar tuzilgan. 51 ta bog‘chani moliyalashtirish maqsadida Bankka O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan 120 mlrd. so‘m, Moliya vazirligi tomonidan esa 13 ta bog‘chani moliyalashtirish uchun 6 mlrd. 400 mln. so‘m mablag‘ jalb qilindi. Ushbu mablag‘lar hisobiga bank tomonidan imtiyozli kredit liniyalari ochilib, qurilish-ta’mirlash ishlari moliyalashtirilmoqda (101 mlrd. so‘m kredit ajratilgan).

Amalga oshirilgan ishlar natijasida bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida DXSh asosida jami 34 ta bog‘cha ishga tushirildi. 2019-yil so‘ngiga qadar yana 30 ta MTM foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan.


O‘zsanoatqurilishbank tomonidan, shuningdek “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlariga muvofiq, tijorat banklari bilan birgalikda manzilli reja ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, qishloqlarda namunaviy loyihalar asosida sartaroshxona, go‘zallik saloni va boshqa xizmat turlarini o‘z ichiga olgan maishiy xizmat ko‘rsatish majmualari hamda hammomlar barpo etilmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan besh oyida mazkur davlat dasturlari ijrosi doirasida Bankning moliyaviy madadi bilan 199 ta hammom va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari, hisobot davrida bank tomonidan hududlarda 41 ta ko‘p qavatli turar-joylarni qurish ishlariga 237 mlrd. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.

Matbuot anjumanida Bankning qurilishlarni moliyalashtirish yo‘nalishidagi faoliyatida Prezidentimizning hududlarga amalga oshirgan tashriflarida belgilangan vazifalar muhim o‘rin tutayotgani alohida qayd etildi. Bu borada Bank tomonidan shu kunga qadar 37 ta turli ob'yekt barpo etilib, xalq xizmatiga topshirilgani ma’lum qilindi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 17.10.2019 13:35  
up