Yangiliklar

“O‘ZSANOATQURILISHBANK” dan “MEGA OMONAT”!


14.11.2018 13:00

“O‘ZSANOATQURILISHBANK” dan “MEGA OMONAT”!

“O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan yillik 19 foizli yangi omonat joriy etildi. Omonatchilarga so‘mli Visa kartasi ham bepul beriladi.

“Mega omonat” deb nomlangan yangi omonat turi bo‘yicha hisobvaraq ochgan omonatchilarga ularning arizalariga asosan milliy valyutadagi Visa plastik kartasi bepul taqdim etiladi.

Omonatga mablag‘lar bank jamg‘arma kassalarida naqd va naqd pulsiz shaklda, shuningdek, “UzPSB Mobile” mobil ilovasi yordamida onlayn tarzda qabul qilinadi.

Omonat muddati 777 kun. Omonatga 2 000 000 so‘mdan boshlab istalgancha pul kiritish mumkin. Omonatni saqlash davrida esa qo‘shimcha mablag‘lar qabul qilinmaydi.

“Mega omonat” bo‘yicha hisoblangan foizlar omonatchining xohishiga ko‘ra har oy to‘lab beriladi.

Omonatning saqlash muddati tugagandan so‘ng omonatchi tomonidan omonat mablag‘i talab qilib olinmasa, keyingi saqlangan davr uchun foiz daromadi hisoblanmaydi.





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 17.10.2019 13:35  
up