Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank “Eng barqaror tashkilot” deya eʼtirof etildi


25.11.2022

Oʻzsanoatqurilishbank “Yilning eng yaxshi ish beruvchisi” tanlovida “Eng barqaror tashkilot” nominatsiyasi boʻyicha mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Taʼkidlash joiz, har yili xalqaro ekspertlar ishtirokida Oʻzbekistonda eng munosib ish beruvchilar faoliyati oʻrganilib, gʻoliblarga “DaVinchi” mukofoti topshiriladi. Xodimlarni boshqarish (HR) yoʻnalishiga ixtisoslashgan “Davinchi Management Consulting” professional kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan tanlov mahalliy, xalqaro va davlat korxonalari toifalariga boʻlingan holda oʻtkaziladi. Joriy yilda Oʻzsanoatqurilishbank “Eng barqaror tashkilot” deya eʼlon qilindi. Bunda Bank tizimida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli transformatsiya ishlari, xususan, HR sohasida joriy qilingan yangi standartlar, xodimlar, ularning farzandlari va ota-onalari uchun tashkil etilayotgan ijtimoiy hamda motivatsion ruhdagi loyihalar koʻlami, shuningdek, muassasaning 100-yillik barqaror rivojlanish odimlari eʼtirof etildi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

28.03.2024 18:10:14
Obod yurtning obod banklari

Umumxalq hashari Oʻzsanoatqurilishbankda ham katta uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda. ...

28.03.2024 18:09:23
Oʼzsanoatqurilishbankning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi tijorat banklari orasida eng yuqori deb topildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2023-yil natijalari boʼyicha davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishd ...

28.03.2024 18:08:28
O’zsanoatqurilishbankda xayriya ko’rgazmasi o'tkazildi

28-mart kuni O’zsanoatqurilishbank Bosh ofisida Markaziy bank, SQB hamda “Sen kuchlisan” loyihasi hamkorligida onkologik ...


Дата последнего обновления: 28.11.2022 17:38  
up