O'zsanoatqurilishbank eng mustahkam kiberxavfsizlikka ega tijorat banki deb topildi
07.06.2024 13:46
Markaziy bank “CERT-CBU” kiberxavfsizlik markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib boruvchi tijorat banklari hamda to‘lov tashkilotlarida kiberxavfsizlik ta’minlanganlik holati o‘rganildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, 2024-yil I choragi bo‘yicha tijorat banklari hamda to‘lov tashkilotlari o'rtasida O'zsanoatqurilishbank jami 99,2 ball to'plagan holda end yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Kiberxavfsizlik markazi tomonidan davlat va xoʼjalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot va kiberxavfsizlikning taʼminlanganligi holati bo’yicha e’lon qilingan reytingida ham O’zsanoatqurilishbank tijorat banklari orasida eng yaxshi natijani qayd etgan edi.
302
Другие новости