Все Кредиты
O‘zsanoatqurilishbank joriy yilning 1-3 mart kunlari jahonning yetakchi banklaridan biri - J.P.Morgan tomonidan onlayn formatda tashkil etilgan «Global Emerging Markets Corporate Conference-2021» anjumanida ishtirok etdi. Unda xalqaro investitsion fondlar, Yevropa davlatlari va AQShda investitsiya yo‘nalishida faoliyat yurituvchi turli darajadagi boshqaruvchi kompaniyalar hamda manfaatdor tarmoq tashkilotlari vakillari, sarmoyadorlar va ekspertlar qatnashdi.
Tadbirning asosiy kun tartibida moliyaviy ko‘rsatkichlar to‘g‘risida dastlabki ma’lumotni hisobga olgan holda zarur moliyalashtirish manbalarini jalb qilish imkoniyatlari o‘rganildi. Unda shuningdek, O‘zbekistonda moliyaviy sohada yuz berayotgan o‘zgarishlar haqida investitsion hamjamiyatni keng xabardor qilish va shu orqali mamlakatimizdagi listing kompaniyalarning xalqaro bozorga chiqishini rag‘batlantirish masalalari ilgari surildi.
Anjuman davomida tashkil etilgan o‘ndan ziyod uchrashuvlar va taqdimotli chiqishlar doirasida istiqbolli investorlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, xalqaro ekspertlar bank tomonidan muassasa barqarorligini saqlashga omil bo‘luvchi moliyaviy ko‘rsatkichlari, faoliyati hamda joriy holatini koronavirus pandemiyasi davrida saqlash bo‘yicha qabul qilingan preventiv choralari bilan yaqindan tanishdi.
Tadbir natijalariga ko‘ra, Bankning manfaatdor xalqaro investitsion kompaniyalar hamda biznes-akseleratorlar bilan ikki tomonlama hamkorligini yanada kengaytirish kutilmoqda.
Aytish joizki, mazkur onlayn uchrashuvlar O‘zsanoatqurilishbankning tashqi mavqeiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi, xalqaro kapital bozoridagi imijini yuksaltiradi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...