Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank iqlimni moliyalashtirish boʻyicha xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritdi


24.11.2023 14:32

Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) tomonidan 2023-yil davomida Yaqin Sharq va Turkiya hududlarida iqlimni moliyalashtirish boʻyicha yetakchi boʻlgan banklar nomi eʼlon qilindi. Unga koʻra, Oʻzsanoatqurilishbank “Eng koʻp miqdorda issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirishga hissa qoʻshgan bank” deya eʼtirof etildi.

Moliyaviy faoliyatning atrof-muhitga taʼsirini kamaytirish Oʻzsanoatqurilishbank tizimida ustivor yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. 

Bank tomonidan Oʻzbekistonning “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi doirasida eko-innovatsiyalar va “yashil” investitsiyalar boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasi keng qoʻllab kelinmoqda.

XMK bilan hamkorlikda ekologik va ijtimoiy xavflarni boshqarish tizimini rivojlantirish boʻyicha “yashil bozor” tadqiq qilindi, korporativ va ulgurji hamda kichik va oʻrta biznes subyektlari uchun “yashil” moliyaviy mahsulotlar ishlab chiqildi.

Eʼtiborlisi, “yashil” loyihalarni baholashda XMK tomonidan ishga tushirilgan CAFI (Climate Assessment for Financial Institutions – Moliyaviy institutlar uchun iqlim oʻzgarishini baholash) platformasidan samarali foydalanib kelmoqda.

Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida bank tomonidan ushbu dastur yordamida baholangan qiymati 137 mln. AQSH dollariga teng loyihalar moliyalashtirildi. Bu bilan atrof-muhitga tarqaladigan issiqxona gazlari 45 ming tonnaga qisqartirildi.

Taʼkidlash joiz, Oʻzsanoatqurilishbank tizimida Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikida ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillari joriy etilmoqda.

Bu, oʻz navbatida, bankning mamlakatda atrof-muhit va ekologik barqarorlikni taʼminlash borasida yanada yuqori masʼuliyat olganligini ifodalaydi.

Bank Axborot xizmati








Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 24.11.2023 14:53  
up