Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank Italiya moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda


12.06.2023 11:41

Oʻzsanoatqurilishbank Italiya moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Joriy yilning 6-iyun kuni Rim shahrida Oʻzbekiston va Italiya ishbilarmon doiralari biznes-forumi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzsanoatqurilishbank hamda “Banca Popolare di Sondrio” oʻrtasida savdo va investitsiyaviy moliyalashtirish sohasida 50 mln. yevroga teng hamkorlik bitimi imzolandi.

Hujjatda “Banca Popolare di Sondrio” kredit mablagʻlari tadbirkorlik subyektlarining savdo amaliyotlari hamda Italiya va boshqa Yevropa mamlakatlaridan texnologik asbob-uskunalar import qilinishini nazarda tutuvchi investitsion loyihalarni moliyalashtirishga qaratiladi.

Taʼkidlash joizki, Italiya biznes vakillarining Oʻzbekistonga nisbatan qiziqishi oʻsib borayotgan bir paytda moliya muassasalari hamkorligining kengayishi tomonlar ishbilarmon doiralariga har tomonlama qulay imkoniyatlar yaratadi.

Bugungi kunda Oʻzsanoatqurilishbankning “Banca Popolare di Sondrio”dan tashqari “Unicredit S.p.A”, “Intesa Sanpaolo”, “Sace” eksport-kredit agentliklari bilan ham oʻzaro samarali aloqalar yoʻlga qoʻyilgan.

Prezidentimizning Italiyaga tashrifi arafasida boʻlib oʻtgan mazkur tadbir doirasida, shuningdek, Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan muassasa faoliyati va Oʻzbekistonda biznes-loyihalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlariga bagʻishlangan taqdimot ham oʻtkazildi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 12.06.2023 11:42  
up