Все Кредиты
Joriy yilning 25-noyabr kuni “JP Morgan Chase Bank” (AQSH) vakillari bilan rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uning doirasida Oʻzsanoatqurilishbank 2021-yilda MT103 formatida AQSH dollarida (99,39%) tijorat toʻlovlari kliringi sifatli uchun “2021 Elite Quality Recognition Award” mukofoti bilan taqdirlandi.
Taʼkidlash joizki, Oʻzsanoatqurilishbank va “JP Morgan Chase Bank” oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlari 1993-yildan buyon davom etib kelmoqda.
Oʻtgan davr davomida ushbu xorijiy moliya muassasasi Oʻzsanoatqurilishbankning AQSH dollaridagi tijorat toʻlovlariga ishlov beruvchi asosiy bank-korrespondent hisoblanadi.
Maʼlumot uchun: “JP Morgan Chase”Amerika moliya xoldingining Bosh qarorgohi Nyu-York shahrida joylashgan boʻlib, u AQSHning “katta toʻrtlik” banklari sirasiga kiradi.
Bank Axborot xizmati
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...