Все Кредиты
Toshkentda Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In davlat tashrifi asnosida 17 aprel kuni O‘zbekiston va Janubiy Koreya ishbilarmon doiralari vakillarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Biznes-forumda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar, savdo, bank-moliya va sanoat tarmoqlari uchun mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralar, kompaniya va kontsernlar bilan birga “O‘zsanoatqurilishbank” ATB vakillari ishtirok etdi.
«O‘zsanoatqurilishbank» ATB Koreyaning Shinhan Bank, KEB Hana Bank va Eksimbank kabi bank-moliya institutlari bilan faol hamkorlik qiladi. Industrial Bank of Korea (IBK), KEB Hana Bank, KB Kookmin Bank, Woori Bank, Citibank Koreava va Korea Exchange Banki bilan korrespondentlik munosabatlariga ega.
«O‘zsanoatqurilishbank» ATB va Shinhan Bank Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlardan texnologik uskunalar importini nazarda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirishga qaratilgan 60 mln. AQSh dollari miqdorida savdo moliyalashtirish bo‘yicha Bazaviy bitimni imzolagan.
«O‘zsanoatqurilishbank» ATB va KEB Hana Bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan mehnat migrantlari uchun KEB Hana Bankning bankomatlar (Easy-one service) orqali amalga oshirilayotgan o‘tkazmalar uchun vositachilik narxini pasaytirgan holda «Easy-one Banking Remittance» (SWIFT tizimi orqali hisob raqamidan hisob raqamiga o‘tkazmalar) va mobil ilovalar (KEB Hana mobile banking) kabi mahsulotlaridan foydalanish imkonini nazarda tutuvchi bitimni imzoladi. Hozirga qadar Koreyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalar bo‘yicha test tranzaktsiya muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bugungi kunda tomonlar mijozlar o‘rtasida mazkur mahsulotni ilgari surish bo‘yicha marketing tadbirlarini o‘tkazmoqda.
Shuningdek, Koreya Eksimbanki kredit liniyasi hisobiga loyihalar faol moliyalashtirilmoqda.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...