Все Кредиты
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi reytingini eʼlon qildi. Unga koʻra, 12 ta davlat tashkiloti orasida Oʻzsanoatqurilishbankning ham korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati samaradorligi “yaxshi” deb baholandi.
Prezidentimizning 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarning samaradorligi reyting baholashdan oʻtkazildi.
“E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali amalga oshirilgan reyting baholash natijalarining xolisligini taʼminlash maqsadida fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat boʻlgan mustaqil ekspertlar guruhi shakllantirildi.
Baholash natijalariga koʻra, 12 ta davlat tashkiloti orasida Oʻzsanoatqurilishbankning ham korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati samaradorligi “yaxshi” deb baholandi.
Bu bank tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha belgilangan choralar tizimli ravishda amalga oshirilganligidan darak beradi.
Xususan, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va ularni minimallashtirish boʻyicha aniq va manzilli choralar koʻrilgan hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda muassasa rahbari shaxsiy namuna sifatida oʻrnak boʻlgan.
Qayd etish joiz, oʻtgan yilning iyun oyida Oʻzsanoatqurilishbankka Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimining ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqlik sertifikati taqdim etildi.
Bankning komplayens nazorati xizmati xodimlari Buyuk Britaniyadagi Xalqaro komplayens assotsiatsiyasi tomonidan oʻqitilib, xalqaro sertifikatga ega boʻldi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...