«O'zsanoatqurilishbank» milliy valyutadagi Visa plastik kartalari odatiy tartibda ishlamoqda
16.09.2018 15:31
“O'zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan muomalaga chiqarilayotgan milliy valyutadagi Visa plastik kartochkalari odatiy tartibda ishlayotganini ma'lum qilamiz.
Ushbu turdagi bank kartalari bilan respublikamizdagi hamda xorijiy davlatlardagi savdo va pullik xizmati ko'rsatish shaxobchalarida Visa to'lov terminallari orqali hamda internet saytlarda to'lovlarni o'tkazish mumkin.
Bank kartalarini «O'zsanoatqurilishbank»ning istalgan filialidan olish va plastik kartochkani naqd pul, ish haqi to'lovlari, omonat yoxud boshqa plastik kartochkadagi mablag'lar hisobidan istalgan miqdorda va istalgan vaqtda to'ldirib turish mumkin.
Bank Axborot xizmati
507
Другие новости