Все Кредиты
O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati tomonidan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida bank faoliyatiga oid tanqidiy materiallar doimiy ravishda o‘rganilib, tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Xususan, Telegram messenjeridagi "BUGUNUZ" (Ozodnews) kanali orqali “Buxoroda bank xodimlari mijozlardan tunda qarz undirishga majburlanayapti” sarlavhali maqolada qayd etilgan iddaolar Bank Boshqaruv Raisi boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan o‘rganilganda quyidagilar aniqlandi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-martdagi 217-F-sonli farmoyishiga asosan 2019-yil 30-31-mart – shanba, yakshanba kunlari bank tizimida moliya hamda soliq idoralarining ayrim xodimlarini ishga jalb qilishga ruxsat etilgan.
To‘qimachilik filialining 2019-yil 31-martdagi 67-sh-sonli buyrug‘iga asosan filialning 45 nafar xodimi 30-31 mart – shanba, yakshanba kunlari ishga jalb qilingan.
Filialning tegishli to‘lov qaydnomasiga asosan Mehnat kodeksining 157-moddasiga ko‘ra, buyruqdagi barcha xodimlariga 2019-yil 31-mart kuni ikki hissa haq to‘langan.
Shuningdek, To‘qimachilik filialining 2019-yil 29-martdagi buyrug‘iga asosan filialning 15 nafar xodimiga mart oyida ish vaqtidan tashqari ishlaganligi uchun alohida haq to‘langan.
Filial xodimlariga joriy yilning yanvar va fevral oylari yakunlari bo‘yicha mukofotlar miqdorining belgilanishi o‘rganilganda xodimlarga mukofot miqdori Bosh bank tomonidan "Sirli mijoz" xizmati orqali o‘rganilganligi natijasida belgilanganligi, filial rahbari tomonidan xodimlarning mukofot pullari qisqartirilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Ishchi guruh a’zolari To‘qimachilik filiali rahbarlarining ishtirokisiz xodimlar bilan suhbatlashdi, anonim so‘rovnomalar o‘tkazdi. Barcha xodimlar maqolada ko‘rsatib o‘tilgan holatlar, shu jumladan, ularning majburiy mehnatga jalb etilayotganliklarini inkor etishdi. Filialda do‘stona muhit o‘rnatilganligi, oy yakunlarida yarim kechagacha mijozlarning kredit qarzdorliklari bo‘yicha uyma-uy yurib qarzlarini undirish holatlari kuzatilmaganligi aniqlandi.
Bundan tashqari, Bankning To‘qimachilik filiali mijozlari bo‘lgan fuqaro Sharipov Salohiddin, Namozov Abduvali, Hamroyev Azamat va Baxshullayev Baxtiyor, Hudayberdiyev To‘lqin, Qurbanov Sherzod, Mustafayev Lazizlar bilan suhbatlashish natijasida uylariga bank xodimlari kelmasligi, kredit qarzdorliklar mavjudligi haqida faqat telefon orqali ma’lum qilishlari, kechki yoki tungi paytda xodimlar bezovta qilinmayotganligi aniqlandi.
Shu o‘rinda qayd etish joizki, O‘zsanoatqurilishbank ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan konstruktiv muloqotga hamisha tayyor ekanligini ma’lum qiladi.
Bank Axborot xizmati
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...