Все Кредиты
Ayni paytda butun dunyo boʻylab tarqalgan koronavirus pandemiyasi jahon hamjamiyatini yagona maqsad – kasallikni engish yoʻlida birlashtirdi.
Mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida qabul qilingan tezkor qarorlar esa pandemiyaning salbiy ta’sirini kamaytirish, xalqimiz orasida keng tarqalib ketishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Oʻzsanoatqurilishbank tizimida ham bu borada qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bank Bosh ofisida maxsus shtab tashkil qilindi.
Virus tarqalishining oldini olish boʻyicha filiallarda amalga oshirilayotgan ishlar qat’iy nazoratga olindi.
Xodimlar tibbiy himoya niqobi, antiseptik vositalar, kassa xodimlari esa qoʻlqoplar bilan ta’minlandi.
Aksariyat xodimlar haq toʻlanadigan ta’tilga chiqarilgan boʻlsa, qolganlari uchun masofadan ishlashga sharoitlar yaratilmoqda.
Bundan tashqari, xonalar kvars lampalari yordamida zararsizlantirilmoqda, bank ofislariga tashrif buyurgan mijozlarga tibbiyot niqoblari tarqatilib, antiseptik vositalar bilan dezinfeksiya qilinmoqda.
Shunindek, Bank tomonidan masofaviy xizmatlar va mahsulotlar ommabopligini ta’minlash boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda. Amalda boʻlgan ana shunday xizmat va mahsulotlar ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng targʻib qilinmoqda.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...