Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish saʼy-harakatlari


19.04.2022 09:25

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan “CERT Academy” xalqaro trening kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha masʼul xodimlar uchun oʻquv-treninglar tashkil etilmoqda. ISO 37001:2016 xalqaro standarti boʻyicha “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari – foydalanish uchun talablar va tavsiyalar” mavzusida oʻtkazilgan oʻquv-trening mashgʻulotlari qatnashchilariga maxsus sertifikatlar taqdim etilmoqda.

Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilgʻor xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish boʻyicha izchil choralar koʻrilmoqda. Ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish muhiti shakllantirilmoqda.



Bu borada Prezidentimizning 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori dasturilamal boʻlib xizmat qilmoqda.

Qaror asosida “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati tubdan qayta koʻrib chiqildi, xalqaro standartlar asosida ishlaydigan anti-korrupsion tizim joriy qilinib, faqatgina Bank kengashiga boʻysunadigan mustaqil tuzilma – Komplayens-nazorat departamenti tashkil etildi. Hozirda ushbu tuzilmada 100 nafarga yaqin xodim faoliyat yuritib kelmoqda.

“CERT Academy” xalqaro trening kompaniyasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda ISO 37001:2016 xalqaro standarti boʻyicha “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari. Foydalanish boʻyicha talab va tavsiyalar” mavzuida tashkil etilgan dastlabki oʻquv kurslarida mazkur tuzilma xodimlari ishtirok etib, ularning 30 nafariga maxsus sertifikat topshirildi.

– Mazkur saʼy-harakatlarimiz korrupsiyadan holi, korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimining xalqaro andozalariga javob beradigan bank qiyofasini yaratishga qaratilgan boʻlib, bu ham, oʻz navbatida, transformatsiya jarayonlarining bir bosqichi sanaladi, – deydi Komplayens-nazorat departamenti direktori Jamolbek Yusupov. – Bu, shuningdek, investorlar oldida bank jozibadorligini oshirishga va mijozlarga yoʻnaltirilgan xizmatlarni yanada koʻpaytirishga xizmat qilishi bilan eʼtiborga molikdir.

ISO 37001:2016 xalqaro standarti boʻyicha Bank xodimlarini oʻqitishning keyingi bosqichida Bosh bank markaziy apparatidagi rahbarlar (jumladan, top-menejerlar) saralab olindi.

– Nima uchun rahbar-xodimlar tanlab olindi, – deydi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi Sardor Mamanov. – Chunki aynan bu mexanizm tizimda halollik standartlarini joriy etish, bunda korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning taʼsirchan tizimini yaratish, xodimlar zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholashni takomillashtirishda ustuvor ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, rahbarning oʻzi korrupsiyaga qarshi kurashishda shaxsiy namuna boʻla olsa, tizimda shu sohadagi chora-tadbirlar samarali amalga oshiriladi, natijadorlik yuqori kechadi.

Oʻquv-trening yakunida test sinovlari asosida ishtirokchilarning oʻzlashtirish darajasi baholanib, ular orasida yuqori natijaga erishgan rahbar-xodimlarga maxsus sertifikat topshirildi.

  Avval xabar berganimizdek, Oʻzsanoatqurilishbank va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolangan. Unga koʻra, hamkorlikda muntazam ravishda onlayn oʻquv-trening mashgʻulotlari, vebinar va davra suhbatlari oʻtkazib kelinmoqda.

  Shu bilan birga, bankning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqlashtirish va toʻliq sertifikatsiyadan oʻtkazish boʻyicha malakali mutaxassislar ishtirokida amaliy ishlar ham olib borilmoqda.

Jumladan, boʻlinmalar faoliyati, biznes jarayonlar, funksiya va vakolatlar boʻyicha korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi diagnostikasi amalga oshirilib, ayni paytda xalqaro standart va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tavsiyaviy hujjatlari asosida ichki idoraviy hujjatlar muvofiqlashtirilib, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi auditga tayyorlanmoqda.

Bank tomonidan ushbu yoʻnalishda yoʻlga qoʻyilgan yana bir muhim tizim – bu “Komplayens ishonch liniyasi”dir.

Mijozlarga xizmat koʻrsatishda ochiqlik va shaffoflik prinsiplariga amal qilgan holda ish yuritilishini taʼminlash, mazkur yoʻnalishda olib borilayotgan amaliy ishlar boʻyicha xabardorlikni oshirish hamda samarali aloqani yoʻlga qoʻyish maqsadida ishga tushirilgan ushbu aloqa liniyalari korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi murojaatlarning shaxsni oshkor qilgan holda yoki anonim tarzda avtomatik ravishda 24/7 rejimida ishlashiga xizmat qilmoqda.

Oʻzsanoatqurilishbank tizimidagi “Komplayens ishonch liniyasi”ga quyidagi aloqa tarmoqlari orqali bogʻlanishingiz mumkin: 

Telefon: 0-800-120-88-88;

Bankning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan maxsus shakl: (https://sqb.uz/uz/compliance-hotline/);

Telegram messenjerida yaratilgan “SQB Anti Kor” maxsus bot: (@SQB Anti Kor_bot).

Bank Axborot xizmati





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 19.04.2022 09:28  
up