Все Кредиты
Joriy yilning 27-iyun kuni Oʻzsanoatqurilishbank faoliyatining 2022-yil yakunlariga bagʻishlangan aksiyadorlar umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Bank Boshqaruvi aʼzolari, aksiyadorlar hamda tegishli tarkibiy tuzilmalar rahbarlari ishtirok etdi.
Yigʻilishda bank faoliyatining 2022-yil yakunlari hamda bu borada ichki audit xulosasi eshitildi.
Qayd etilganidek, hisobot davrida bank jami daromadlari 2021-yilga nisbatan 25 foizga oʻsdi. Aktivlar rentabelligi 1 foiz, kapital rentabelligi 7,7 foizdan iborat boʻldi. Depozit bazasi 1,2 barobarga oshdi.
Sof operatsion daromadlarni 1,2 barobarga oshirish hisobiga operatsion samaradorlik koʻrsatkichi xalqaro meyor darajasida boʻldi. Mijozlar soni 10 foizga ortib, 1,4 millionni tashkil etdi. Korporativ, kichik va oʻrta biznes hamda chakana biznesga jami 21,6 trln. soʻm hajmida kreditlar ajratildi.
Yigʻilish kun tartibiga koʻra, 2022-2023 korporativ yilida Bank Kengashining oʻzini-oʻzi va har bir Kengash aʼzosini baholash, shuningdek Bankda korporativ boshqaruv tizimi boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro mustaqil baholash (KPMG) natijalari koʻrib chiqildi.
Bank ustavi va uning asosida boshqa meyoriy hujjatlarga kiritilgan oʻzgartirishlar tasdiqlandi.
2021-2023-yillarda bankning rivojlanish strategiyasi maqsadli koʻrsatkichlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar muhokama qilindi, muassasa moliyaviy koʻrsatkichlarini yanada yaxshilash boʻyicha vazifalar belgilab olindi.
Yigʻilish soʻngida yigirmadan ziyod masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...