Все Кредиты
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Mastercard plastik kartasi orqali boshqa banklarning shu turdagi kartalariga naqd pulsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.
“Mastercard MoneySend” deb nomlangan mazkur xizmat “Mastercard Worldwide” to‘lov tizimiga tegishli bo‘lib, u Mastersard kartasi egalariga real vaqt rejimida o‘zaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkonini beradi.
Endilikda pul o‘tkazmasini bajarish uchun muayyan hujjatlarni rasmiylashtirishga hojat yo‘q, faqatgina ushbu turdagi plastik karta egasining ismi sharifi hamda karta raqamini bilish kifoya qiladi.
Ayni paytda “Mastersard MoneySend” xizmati Bankning Joyda mobil ilovasida amal qilmoqda. Bunda Bank tomonidan o‘tkazmalar karta egasining tasdig‘idan so‘ng darhol jo‘natiladi. Kartaga mablag‘ kiritish muddati esa pulni qabul qiluvchi bank tomonidan amaliyot so‘ngida ma'lum qilinadi.
Boshqa banklarga tegishli Mastersard orqali O‘zsanoatqurilishbankning shu turdagi kartasiga mablag‘lar bir necha soniyalarda kelib tushadi.
“Mastersard MoneySend” xizmatining afzalligi shundaki, mijoz o‘tkazilgan Bank filialiga tashrif buyurmasdan butun dunyo bo‘ylab istalgan Mastersard kartasini to‘ldirishi mumkindir.
O‘tkazmalarning Joyda mobil ilovasi orqali amalga oshirilishi, ayniqsa, xorijda murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashda qo‘l keladi.
Bank Axborot xizmati
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...