Yangiliklar

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan SQB stipendiyasi joriy etildi


28.02.2020 12:42

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan SQB stipendiyasi joriy etildi

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan respublikamiz oliy o‘quv yurtlari, xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalarining O‘zbekistondagi filiallari hamda chel eldagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik fuqarolar uchun SQB stipendiyasi joriy qilindi. Stipendiya miqdori respublika hududida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2 barobarigacha etib belgilanadi.

SQB stipendiyasi moliya, iqtisod, axborot texnologiyalari, matematika, huquq va bankning biznes jarayonlari bilan bog‘liq boshqa zarur mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr yo‘nalishining 3-4-bosqich va magistratura bo‘limida tahsil olayotgan iqtidorli, tashabbuskor, zamonaviy fikrlaydigan, yuqori bilim va malakaga ega, xorijiy tillarni mukammal egallagan hamda o‘qishni muvaffaqiyatli davom ettirayotgan (tamomlayotgan) talabalarni tanlov va saralab olish asosida to‘lanadi.

Bunda talaba-yoshlarning o‘quv jarayonida yuqori reyting ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi, davlat va xorijiy tillar (kamida bitta)ni mukammal bilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, talabgorlar SQB stipendiyasi bo‘yicha bank tizimida tuzilgan Ekspertlar guruhi tomonidan suhbat va test sinovlaridan o‘tkaziladi.

Bank faoliyatiga oid fanlar, axborot texnologiyalari, matematika yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro yoki respublika olimpiadasi sovrindorlariga esa tanlov yakunida ustuvorlik beriladi.

– Mazkur loyiha bank tizimida ishlab chiqilgan yangi HR strategiyasi asosida amalga oshirilmoqda, – deydi O‘zsanoatqurilishbank Xodimlarni boshqarish departamenti direktori A.Nodirov. – Bunda bankni transformatsiya qilish jarayonida kadrlar siyosatini samarali yuritish, xususan, xodimlar zaxirasini o‘qishda, ilmiy izlanishda hamda ijtimoiy hayotda faol bo‘lgan iqtidorli, yosh kadrlar bilan to‘ldirish va shu bilan bir qatorda oliy o‘quv yurtlari talabalariga bank va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida professional faoliyat boshlashlari uchun qulay imkoniyat yaratish maqsadi ko‘zda tutilgan.

SQB stipendiyasi tanlovida ishtirok etish va nomzodlardan hujjatlar qabul qilish to‘g‘risida batafsil yaqin kunlarda e’lon qilinadi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...

03.12.2024 21:35:51
AQSHda ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zbekiston” biznes-forumi o‘tkazildi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...


Дата последнего обновления: 28.05.2020 09:59  
up