Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan “yashil” kreditlar targʻiboti kuchaytirilmoqda


07.04.2023 14:44

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan “yashil” kreditlar targʻiboti kuchaytirilmoqda

Bugun, joriy yilning 7-aprel kuni Milliy matbuot markazida “Oʻzsanoatqurilishbank tizimida aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun taklif etilayotgan “yashil” kreditlar” mavzuida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda bank rahbariyati, tegishli tarkibiy boʻlinmalar masʼullari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi doirasida tabiiy resurslarni tejash va iqtisodiyot tarmoqlarida muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kuchaytirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Prezidentimiz tomonidan shu yil 16-fevralda qabul qilingan “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror asosida bu boradagi ishlar yanada faol tus oldi.
Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan muassasa binolarida quyosh panellari qurilmalarini oʻrnatish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun joriy qilingan “yashil” kreditlar targʻiboti kuchaytirilmoqda, ushbu yoʻnalishdagi resurslarni shakllantirish choralari koʻrilmoqda. 
Har bir jabhadagi oʻsish, rivojlanish elektr energiyasiga boʻlgan talabni oshirmoqda, – deydi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisi oʻrinbosari Farrux Abdurahmonov. – Bu esa, tejamkor vositalar hamda muqobil energiya manbalaridan keng foydalanishni taqozo etmoqda. Bu borada davlatimiz rahbari boshchiligidagi islohotlar doirasida bankimiz tomonidan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bank tizimida aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun “Corporate Green Loan”, “SME Green Loan”, “Green Consumer Loan”, “Green Product”, “Green Product - Online” kabi kredit turlari joriy qilingan. Ularning mijozlar uchun afzallik tomonlari, xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish samaradorligi jamoatchilik oʻrtasida muntazam targʻib qilinmoqda. 
“Yashil” loyihalar, “yashil” texnologiyalar hamda “yashil” kreditlar bir-biri bilan chambarchas tushuncha, mohiyatan sanoatlashtirishni yoʻqotishlarsiz amalga oshirish, “yashil” iqtisodiyotni barpo etishga qaratilgan, – deydi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB “Green banking” boshqarmasi boshligʻi Bobur Sultonmurodov. – Bizning ushbu yoʻnalishdagi saʼy-harakatlarimizni qoʻllab-quvvatlayotgan xorijiy moliya institutlari talaygina. Ular koʻmagida bir necha oʻnlab loyihalarni moliyalashtirdik. Ayni paytda yana qoʻshimcha liniyalarni jalb qilish, quyosh panellari ishlab chiqarishda xorijiy investorlar va mahalliy tashabbuskorlarga yaqindan yordam berish boʻyicha qizgʻin ishlar olib borayapmiz.
Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillariga “yashil” kreditlar shartlari, “yashil” loyihalarni amalga oshirish bosqichlari, xorijiy hamkorlar haqida maʼlumot berildi. Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlarida oʻrnatilgan “yashil” texnologiyalar samarasi korxonalar faoliyati misolida keltirib oʻtildi.

Bank Axborot xizmati

Quyosh panellari o'rnatish uchun ajratilayotgan kredit shartlari qanday? - YouTube





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 13.04.2023 12:28  
up