Все Кредиты
Joriy yilning 25-26-dekabr kunlari Turkiyaning Anqara shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Turkiya biznes-forumi va Hukumatlararo komissiyasining yigʻilishi doirasida Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan xorijiy hamkorlar bilan umumiy qiymati 130 mln. dollarlik bitimlar imzolandi.
Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi hamkorlik koʻlami tobora kengayib, keng qamrovli strategik sheriklik bosqichiga koʻtarilgan. Bank-moliya sohasida ham aloqalar chuqurlashmoqda.
Anqara shahrida oʻtkazilgan Hukumatlararo komissiyaning yigʻilishi yakunlari boʻyicha Oʻzsanoatqurilishbank Turk Eksimbanki bilan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga qaratilgan qiymati 60 mln. dollarlik kredit liniyasini jalb qilish boʻyicha hamkorlik bitimi imzolagan boʻlsa, biznes-forum doirasida “CHitibank A.S.” Turkiya ofisi bilan 2024-yil uchun hamkorlik kelishuvi, shu jumladan qiymati 70 mln. dollarlik kredit liniyasini jalb qilish boʻyicha kelishuvga erishdi.
Taʼkidlash kerakki, ushbu mablagʻlar respublikamizda kichik va oʻrta biznes sohasidagi subyektlarning savdo va investitsion loyihalarini moliyalashtirish, qurilish materiallari va elektrotexnika sanoatlarida yangi loyihalarni amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladi.
Maʼlumot uchun:1987-yilda tashkil topgan Turk Eksimbanki Turkiya hukumatiga eksportni ragʻbatlantirish va rivojlantirishda asosiy vositachilik qiladi.
Dunyodagi yirik banklardan biri – “Citibank” esa, oʻz faoliyatini 1812-yilda boshlagan boʻlib, aktivlari boʻyicha AQShda uchinchi oʻrinni egallaydi. “Citibgroup” moliyaviy konglomerati tarkibiga kiradi. Dunyoning 19 ta davlatida 2,6 mingdan ortiq boʻlinmalari mavjud.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...