Все Кредиты
2020-yil 24-noyabr kuni onlayn tarzida “Uzbekistan Investor Day” xalqaro investitsion anjuman boʻlib oʻtdi. Tadbir Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan Wood&Co Xalqaro investitsiya banki bilan hamkorlikda oʻtkazildi.
Konferensiyada global rivojlanayotgan xalqaro fond vakillari, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shuningdek, AQSH boshqaruvchi kompaniyalari ishtirok etdi. Oʻzbekiston nomidan davlat va xususiy kompaniyalar hamda banklar, shu jumladan, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB ham ishtirok etdi.
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Dunross & Co, Prince Street Capital Management (Weeden), ERLS Consult, Raffles Associates LP va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Unda ishtirokchilar bankning hisobot davridagi moliyaviy koʻrsatkichlari, XMK va YETTB ekspertlari bilan hamkorlikda bankni transformatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bank korporativ boshqaruvi tizimining samaradorligi va jozibadorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar, koronavirus pandemiyasi salbiy oqibatlarining iqtisodiyotga taʼsirini yumshatish va moliyaviy barqarorlikni saqlash boʻyicha davlat va bank darajasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi.
Maʼlumot uchun: Wood & Co. – Markaziy va Sharqiy Yevropadagi yetakchi investitsion kompaniya. 1991 yilda tashkil etilgan va Praga shahrida oʻz qarorgohiga ega kompaniya Markaziy va Sharqiy Yevropada aksiyalar savdosi borasida ilgʻor muassasa boʻlib, mintaqada eng muhim investitsion bank amaliyotlarini bajaradi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...