Yangiliklar

O‘zsanoatqurilishbank va Global yashil o‘sish instituti: “yashil” investitsiyalar sohasida yangi anglashuv memorandumi


23.04.2024 12:46

 O‘zsanoatqurilishbank va Global yashil o‘sish instituti: “yashil” investitsiyalar sohasida yangi anglashuv memorandumi

O‘zsanoatqurilishbank va Global yashil o‘sish instituti (Global Green Growth Institute – GGGI) o‘rtasida “yashil” investitsiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Unga ko‘ra, GGGI bankning moliyaviy imkoniyatini kengaytirib, Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish mexanizmini yaratishga ko‘maklashadi.

Xalqaro institut tomonidan jalb qilinadigan mablag‘lar hududdagi fermer xo‘jaliklar hamda agrosanoat tarmog‘idagi kichik va o‘rta biznes subyektlari loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

– Memorandum maqsadi global iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlari bilan bog‘liq xavflarni kamaytirishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Farrux Abdurahmonov. – Bu bankimiz ilgari surayotgan “yashil” siyosat hamda GGGI faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Tashkilot hamkorligida o‘zlashtiriladigan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston hududidagi ekologik sharoit bilan bir qatorda odamlar turmush tarzini yaxshilash, xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlarini barpo etishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, hujjat asosida hamkorlikning umumiy yo‘nalishlari belgilandi, bankning Barqaror moliyalashtirish konsepsiyasini takomillashtirish hamda 2024-2025 yillarda rejalashtirilgan “yashil” obligatsiyalar emissiyasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

O‘zaro muzokaralarda mazkur memorandum bankka iqlim bo‘yicha Parij kelishuvini qo‘llash sohasida ham muhim omil bo‘lishi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun. Global yashil o‘sish instituti (GGGI) xalqaro hukumatlararo tashkilot bo‘lib, 2012-yil 20-iyunda Rio-de-Janeyro (Braziliya)da BMTning Barqaror rivojlanish bo‘yicha konferensiyasi doirasida ta’sis etilgan. Bosh ofisi Seul shahrida (Janubiy Koreya) joylashgan.

Tashkilot maqsadi – iqlim o‘zgarishi sharoitlarida taraqqiy etayotgan hamda bozor iqtisodiyotini tanlagan mamlakatlarda “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘li bilan barqaror iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish hisoblanadi. Shuningdek, GGGI unga a’zo davlatlarni ijtimoiy barqarorlik va inklyuziya bo‘yicha ham qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

 

Bank Axborot xizmati





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 05.06.2024 10:59  
up