Все Кредиты
Joriy yilning 11-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi ishchi guruhi delegatsiyasining Saudiya Arabistoni Jidda shahriga tashrifi doirasida Oʻzsanoatqurilishbank va Savdoni moliyalashtirish xalqaro Islom korporatsiyasi oʻrtasida 15 million dollar miqdoridagi kelishuv tuzildi.
Saudiya Arabistoniga Islom taraqqiyot bankining Yillik anjumanida qatnashish maqsadida tashrif buyurgan Oʻzbekiston Respublikasi ishchi gurihi aʼzolari tarkibida Oʻzsanoatqurilishbank vakillari ham oʻrin oldi.
Anjuman doirasida Bank hamda Savdoni moliyalashtirish xalqaro Islom korporatsiyasi rahbarlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli savdo-iktisodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan muzokaralar olib borilib, natijada kelishuv bitimi hujjat imzolandi.
Kelishuvga binoan ushbu xorijiy moliya muassasasidan jalb qilinuvchi qayta tiklanadigan moliyalashtirish liniyasi (revolver) kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.
Bundan tashqari, tomonlar bank mutaxassislarining yangi noanʼanaviy bank mahsulot va xizmatlari haqidagi bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida moliyalashtirishning islomiy usullari (jumladan, “murabaxa” – isteʼmol krediti) boʻyicha oʻquv-amaliy dasturlarni tashkil etishga kelishib oldi.
Taʼkidlash joiz, Oʻzsanoatqurilishbank tizimida Islom taraqqiyot banki guruhiga kiruvchi moliya institutlari bilan sherikchilik munosabatlari tobora kengayib bormoqda.
Xususan, Islom xususiy sektorni rivojlantirish korporatsiyasi bilan 2009, 2012 va 2021-yillar davrida umumiy miqdori 48 mln. dollar boʻlgan moliyalashtirish liniyalari jalb qilingan boʻlsa, Savdoni moliyalashtirish xalqaro Islom korporatsiyasi bilan 2019-2021-yillar davomida savdoni moliyalashtirish liniyalarini taqdim etish toʻgʻrisidagi bitimlar imzolangan edi.
Uchrashuvda tomonlar yangi hamkorlik kelishuvi ikki davlat biznes doiralari uchun yanada manfaatli boʻlishini taʼkidladi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...