Все Кредиты
Oʻzsanoatqurilishbank va Sberbank korporativ universiteti (Rossiya) oʻrtasida bank tizimiga rahbar xodimlar tayyorlash va ular malakasini oshirishga qaratilgan oʻzaro hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Prezidentimizning 2020-yil 12-maydagi “2020-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni hamda mazkur hujjat asosida tasdiqlangan shu mazmundagi strategiyada tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish masalalarida xalqaro moliya institutlari hamda salohiyatli xorijiy investorlar bilan muzokaralar olib borish va bitimlar tuzish, kadrlarni boshqarishning korporativ strategiyasini takomillashtirish va bank kadrlarini uzluksiz oʻqitish tizimini joriy qilish masalalari alohida oʻrin olgan.
Oʻzsanoatqurilishbank tizimida ushbu vazifalardan kelib chiqib keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, transformatsiya jarayonini muvaffaqiyatli yakunlash maqsadida birgina Rossiya Federatsiyasidagi oʻnga yaqin moliya muassasasi bilan yaqindan sheriklik munosabatlari oʻrnatilgan.
Ular orasida Rossiya Sberbanki bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik aloqalari eʼtiborga molikdir. Bugungi kunda tomonlar oʻrtasida savdoni moliyalashtirish boʻyicha olib borilayotgan hamkorlik natijasida 14,2 mln. AQSH dollari miqdoridagi loyihalar moliyalashtirilgan. Rossiya rubli va AQSH dollarida ochilgan “Nostro” vakillik hisob raqamlari mijozlarga xizmat koʻrsatishda qoʻl kelmoqda.
Endilikda Sberbank bilan hamkorlik xodimlar malakasini oshirish borasida ham samarali kechadi.
Sberbank korporativ universiteti bilan tuzilgan memorandumga muvofiq, Bank tomonidan transformatsiya jarayonlarini muvaffaqyatli yakunlash, shu jumladan, iqtidorli va istiqbolli yosh mutaxassislarni tanlab olish, kadrlarning maqsadli zaxirasini yaratish va ularning nufuzli xorijiy moliya institutlarida stajirovkalarini tashkil etish, ilgʻor tajribalarni oʻzlashtirish va moliyaviy xizmatlar koʻrsatishda yuqori texnologiyali vositalarni keng qoʻllash koʻzda tutilgan.
Ushbu bitimga koʻra, tomonlar oʻrtasida oʻquv kurslari va malaka oshirish dasturlari ishlab chiqiladi.
Bankning iqtidorli va istiqbolli mutaxassislari uchun Sberbank korporativ universitetiga stajirovkalari tashkil etiladi.
Bank Axborot xizmati
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...