Все Кредиты
Joriy yilning 21-avgust kuni Turkiyaning Istambul shahrida “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi raisi - Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha kengash raisi Saxi Annaklichev hamda Turkiyaning Maltepe universiteti (“MALTEPE UNIVERSITY” – MAU) rektori, doktor Shaxin Karasar oʻrtasida memorandum imzolandi. Bu bilan tomonlar qurilish materiallari sohasida muhandis va texnologlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha oʻzaro anglashuvga erishdilar.
Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida joriy yil 30-aprel kuni hududlarda qurilish materiallari va mahalliy sanoatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlariga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar hamda davlatimiz rahbarining shu yil 9-iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, “OʻzqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi bilan birgalikda yetakchi xorijiy oliygohlarini jalb qilgan holda, qurilish materiallari sohasi uchun malakali va zarur koʻnikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashni yoʻlga qoʻymoqda.
Shu maqsadda Bank vakillaridan iborat delegatsiya Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib, Maltepe universiteti mutasaddilari bilan oʻzaro muzokaralar olib bordi.
Uchrashuv natijalariga koʻra, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB nomidan – Bank Boshqaruvi raisi Saxi Annaklichev, Turkiyaning Maltepe universiteti nomidan – oliygoh rektori, doktor Shaxin Karasar oʻrtasida memorandum imzolandi.
Memorandumga muvofiq, tomonlar Oʻzbekiston Respublikasida MAU filialini ochish boʻyicha barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirib, mamlakatimizda qurilish sektorini rivojlantirish uchun qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga kelishib oldilar.
Bank tomonidan esa talabalarga nisbatan amaliy mashgʻulotlar va tadqiqotlar oʻtkazish uchun universitet filialida ilmiy laboratoriya ochish ishlari amalga oshiriladi.
Taʼkidlash joiz, Turkiya yuqori sifatli beton va temir-beton ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan yangi avlod kimyoviy qoʻshimchalari va plomba moddalarining eng yirik ishlab chiqaruvchisi ekanligini hisobga olib, MAU taʼlim dasturlari doirasida tegishli mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha ish olib boradi.
Maʼlumot uchun. Maltepe universiteti – MAU xususiy oliy taʼlim muassasasi boʻlib, u 1997-yilda Turkiyaning Istanbul shahrida “Istanbul taʼlim fondi” tomonidan tashkil etilgan. Bugungi kunda ushbu oliygohda taʼlimning barcha yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...