Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank va “Uzcard ventures” oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


05.06.2024 18:23

Joriy yilning 4-iyun kuni Oʻzsanoatqurilishbank va “Uzcard ventures” venchur fondi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.

Mamlakatimizda startap-ekotizimini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada qulay ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar yaratilgan.

Oʻzsanoatqurilishbank va “Uzcard ventures” oʻrtasidagi memorandum yangi startaplarni qoʻllab-quvvatlash va yuqori texnologiyali loyihalarga sarmoya jalb qilish maqsadida imzolandi.

Bu startap loyihalar tashabbuskorlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatini oshirish barobarida, bank va venchur fondlardan malakali maslahat xizmatlari olishiga keng yoʻl ochadi.

Memorandumni imzolash marosimida ushbu hamkorlik Oʻzbekistonda venchur ekotizimini rivojlantirish, xususan, innovatsiyalarni moliya sektoriga integratsiya qilgan holda, startap loyihalarni jadal qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa, yosh tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
 

Bank Axborot xizmati




Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 05.06.2024 18:23  
up