Все Кредиты
2022-yil 1-avgust kuni Oʻzsanoatqurilishbank faoliyatida joriy oʻzgarishlar haqida yangilangan maʼlumotlarni taqdim etish maqsadida xalqaro biznes hamjamiyati vakillari bilan videokonferens aloqa (Investor Call) shaklida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatsiyasi, JP Morgan (AQSH), Citi Bank (AQSH), Credit Suisse (Shveysariya), RBI (Avstriya), Commerzbank (Germaniya), William Blair International (AQSH), Artisan Partners (AQSH), Goldman Sachs (AQSH) kabi yetakchi xalqaro moliya institutlari va investitsiya kompaniyalarining 50 dan ziyod vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Oʻzsanoatqurilishbankning 2021-yil va 2022-yilning birinchi yarmidagi faoliyati yakunlari taqdim etildi.
Bundan tashqari, bank vakillari investorlarni xalqaro ekspertlar bilan birgalikda muassasani transformatsiya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, korporativ boshqaruv tizimining samaradorligi va jozibadorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar, bank faoliyatiga gʻarb sanksiyalari taʼsiri va moliyaviy barqarorlikni saqlab turish boʻyicha amalga oshiralayotgan ishlar bilan tanishtirdi.
Taʼkidlash lozimki, bu shaklidagi anjumanlar banklarlaro munosabatlarda muvaffaqiyatli biznes jarayonlarni tashkil etishga xizmat qiladi. Bankning tashqi iqtisodiy faoliyati darajasini sifat jihatdan yuksaltirish maqsadida kelgusi rejalarni va rivojlanishning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama etishda oʻziga xos platforma hisoblanadi.
Oʻtkazilgan onlayn uchrashuvlar Bankning manfaatdor xalqaro investitsiya kompaniyalari va biznes akseleratorlar bilan ikki tomonlama hamkorligini yanada kengaytirishi kutilmoqda.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...