Все Кредиты
Joriy yilning 23-25-yanvar kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin taklifiga binoan ushbu mamlakatga tashrif buyurdi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlar natijasida hamda respublikamizda yaratilgan qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhiti Xitoyning yirik kompaniyalari va banklari bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga omil boʻldi.
Xususan, tashrif doirasida Oʻzsanoatqurilishbank va Xitoy davlat taraqqiyot banki oʻrtasida umumiy qiymati 1 mlrd. yuan (140 mln. dollar ekvivalentida) kredit liniyasini jalb qilish boʻyicha Hadli bitim imzolandi.
Mazkur mablagʻlar Oʻzbekistonda sanoat yoʻnalishidagi yangi ish oʻrinlarini yaratish va respublikamizning investitsion salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.
Bundan tashqari, Xitoy davlat taraqqiyot banki bilan kadrlar salohiyatini rivojlantirish va tajriba almashish boʻyicha hamkorlikni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Maʼlumot uchun: Xitoy Davlat taraqqiyot banki Xitoydagi eng yirik banklardan biri boʻlib, yirik infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishga masʼul hisoblanadi. Jami aktivlari 2,5 trln. dollar, kapitali 225 mlrd. dollarni tashkil etadi.
Bank Axborot xizmati
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...