Yangiliklar

“O‘zsanoatqurilishbank” xorijdagi vatandoshni ishga jalb qildi


08.01.2019 16:23

“O‘zsanoatqurilishbank” xorijdagi vatandoshni ishga jalb qildi

Bugun, 2019 yil 8 yanvar kuni, “O‘zsanoatqurilishbank”da xorijlik vatandoshimiz - Murodjon Farmanov bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi. 

2019-2022 yillarda “O‘zsanoatqurilishbank”ni jahon moliya bozori tendentsiyalariga transformatsiya qilish ishlari jadal olib borilmoqda. Xususan, xalqaro maydonda yuqori malaka va tajribaga ega mutaxassislar salohiyatidan foydalashga katta e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 oktyabrdagi “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Murodjon Farmanov maslahatchi sifatida ishga jalb qilindi.

Murodjon Farmanov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buyuk Britaniyaning Liverpul universitetini tamomlagan. SFI institutining “moliyaviy tahlil” bo‘yicha xalqaro professional sertifikatini olgan. Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida (Buyuk Britaniya) qator lavozimlarda ishlagan. Hozirda MUFG Bank da (Mitsubishi Bank, Buyuk Britaniya) Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika davlatlari bo‘yicha moliya institutlari guruhi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

Bank Axborot xizmati






Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 17.10.2019 13:35  
up