Yangiliklar

“O‘zsanoatqurilishbank” Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi tomonidan taqdirlandi


20.09.2018 17:58

“O‘zsanoatqurilishbank” Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi tomonidan taqdirlandi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi tomonidan moliyalashtirish liniyasidan foydalanish bo‘yicha eng yaxshi hamkor-bank deb e’tirof etildi.

Joriy yilning 18 sentyabr kuni poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan “Islom Taraqqiyot Banki guruhi kuni” konferentsiyasi doirasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi tomonidan moliyalashtirish liniyasidan foydalanish bo‘yicha eng yaxshi hamkor-bank deb e’tirof etildi.

Tadbir doirasida, shuningdek, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB bilan Islom taraqqiyot banki guruhi tashkiloti a’zolari, Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi va Savdoni moliyalashtirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolandi. 

Ushbu shartnomalar tadbirkorlik sub'yektlarining innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, investitsion loyihalarini uzoq muddatli moliyalashtirish hamda savdoni moliyalashtirishni ko‘zda tutadi.

Qayd etish kerakki, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari 2009 yilda o‘rnatilgan.





Другие новости

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...


Дата последнего обновления: 17.10.2019 13:35  
up