Все Кредиты
Kuni kecha O‘zsanoatqurilishbank Toshkent, Buxoro, Xiva va Kogon shahrida navbatdagi Bank xizmatlari markazlarini ishga tushirdi.
Joriy yilning 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining parlamentga Murojaatnomasida bank tizimini rivojlantirish uchun bu yil keskin choralar ko‘rish lozimligi qayd etilib, 2020-yildan boshlab har bir bankda keng ko‘lamli transformatsiya dasturi amalga oshirilishi ta’kidlandi.
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan zamonaviy standartlarni joriy qilishga qaratilgan transformatsiya jarayonlari faol amalga tatbiq qilinmoqda. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimi tubdan takomillashtirilib, zamonaviy bank xizmatlari va mahsulotlari ishlab chiqilmoqda.
Hududlarda yangidan yangi zamonaviy Bank xizmatlari markazlari tashkil etilayotgani O‘zsanoatqurilishbankning “bank mijoz uchun” tamoyiliga sodiqligining amaldagi tasdig‘i bo‘lmoqda. Xususan, birgina 2019-yilda 35 ta Markaz, infokiosk va bankomatlarga ega 55 ta 24/7 ofisi ishga tushirildi.
Kuni kecha bankning Yashnobod, To‘qimachilik, Qorovulbozor hamda Xorazm filiallari qoshida navbatdagi Bank xizmatlari markazlari hamda 24/7 ofislarining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Markazlarda malakali bank xodimlari yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko‘lamli bank va konsalting xizmatlari ko‘rsatadi. Mijozlarga, xususan, milliy va xorijiy valyutada hisob raqamlar ochish, ular bo‘yicha hisob-kitoblarni yuritish, kredit olish uchun ariza berish, omonatlarni rasmiylashtirish, barcha turdagi to‘lovlar hamda xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.
24/7 ofislari milliy va xalqaro plastik kartalardagi mablag‘larni naqdlashtirish, kommunal, uyali aloqa operatorlari, shahar telefonlari, kabel televideniyesi, internet xizmati uchun to‘lovlarni haftaning istalgan kuni, sutkaning istalgan vaqtida amalga oshirish imkonini beradi.
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ixcham va zamonaviy markazlar tashkil etish ishlari faol davom etmoqda.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...