Все Кредиты
Joriy yilning 14-15 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida O‘zsanoatqurilishbank yuridik xizmati xodimlari uchun o‘quv kursi tashkil etildi.
Qisqa muddatli o‘quv mashg‘ulotlarda sud majlislarida ishtirok etish, da’vo arizalarini tayyorlashda e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan jihatlar, protsessual va moddiy huquq normalarini qo‘llash kabi mavzularda bilim va ko‘nikmalar berildi. Iqtisodiy va fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ishlarini ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilindi.
O‘quv kursida bankning 20 nafar yuristi ishtirok etib, ularga sertifikatlar topshirildi.
Bank Axborot xizmati
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...