Все Кредиты
2019-yil 26-aprel kuni O‘zbekistonda birinchi marta "Investor kuni" o‘tkaziladi.
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Freedom Finance bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan mazkur anjuman onlayn formatda o‘tkaziladi.
"Investor kuni" doirasida O‘zsanoatqurilishbankning 2019-yil I choragi yakunlari bo‘yicha moliyaviy ko‘rsatkichlari taqdimoti o‘tkaziladi. Shuningdek, bank rahbariyati hamda Freedom Finance kompaniyasi ekspertlari tomonidan O‘zsanoatqurilishbankning joriy faoliyati bo‘yicha chiqishlar qilinadi.
Agarda Siz bank aktsiyador yoki bank aktivlariga investitsiya kiritishga qiziqayotgan bo‘lsangiz investor@uzpsb.uz elektron manziliga o‘zingizni qiziqtirgan savolni yuboring va to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda javob oling.
Onlayn translyatsiyaga ushbu havola orqali ulanish mumkin.
Onlayn translyatsiya 2019-yil 26-aprel kuni soat 11.00 da boshlanadi.
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...