Все Кредиты
Joriy yilning 6-avgust kuni Oʻzsanoatqurilishbank tizimida joriy oʻzgarishlar haqida yangilangan maʼlumotlarni taqdim etish maqsadida xalqaro biznes hamjamiyati vakillari bilan video anjuman (Investor call) formatida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Unda «Avesta Investment Group» (Oʻzbekiston), Osiyo taraqqiyot banki, «Bluestone Investment Bank» (AQSH), «Raiffeisenbank» (Avstriya) kabi xalqaro va transmilliy kompaniyalar, respublika davlat muassasalari hamda qator tijorat banklaridan vakillar ishtirok etdi.
Onlayn uchrashuv davomida Oʻzsanoatqurilishbankning 2020-yil va joriy yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati asosiy koʻrsatkichlari yakunlari haqida axborot berildi.
Taʼkidlash joizki, bu kabi video anjumanlar banklararo munosabatlarda muvaffaqiyatli biznes-jarayonlarni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bankning tashqi iqtisodiy faoliyati darajasini sifat jihatdan oshirish maqsadida kelgusi reja va istiqbolli yoʻnalishlarni muhokama etish uchun oʻziga xos maydon vazifasini bajaradi.
Tadbirda tomonlar interfaol tarzda oʻzaro fikr almashishdi. Oʻzsanoatqurilishbank vakillari xorijiy ekspertlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berdi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...