Все Кредиты
Joriy yilning 17-fevral kuni Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisida Jahon bankining energetika va energiya samaradorligi boʻyicha loyiha rahbari Pedzi Makumbe bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
2011-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Jahon banki bilan hamkorlikda energiya tejamkorligiga doir investitsiyalarni moliyalashtirish mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish orqali “Sanoat korxonalari energiya samaradorligini oshirish” (SKESO) loyihasini amalga oshirib kelmoqda.
Mazkur hamkorlik doirasida bugungi kungacha Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan umumiy qiymati 80 mln. AQSH dollaridan ziyod 27 ta loyiha amalga oshirildi. Natijada 432 ming mVtch elektr energiyasi, 17 ming kubometr suv, 107 ming kubometr tabiiy gazni iqtisod qilishga erishildi.
Uchrashuv davomida Jahon banki tomonidan SKESO (91 mln. AQSH doll.) loyihasi boʻyicha ajratilgan mablagʻlarni oʻzlashtirishni jadallashtirish boʻyicha takliflar oʻrganib chiqildi.
“Oʻzbekistonda binolar uchun sof energiya” (CEBU) loyihasini ilgari surish va SKESO joriy loyihasini amalga oshirish mexanizmlari va shartlari muhokama etildi.
Bundan tashqari, Jahon banki vakillari Bank ehtiyoji va manfaatlari, mijozlar bazasi hamda umumiy loyihalar portfeli, shu jumladan, 2022-yilga moʻljallangan istiqbolli yashil loyihalar roʻyxati bilan ham tanishib chiqdi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...