Все Кредиты
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati tubdan qayta koʻrib chiqiladi, xalqaro standartlar asosida ishlaydigan anti-korrupsion tizim joriy qilinib, faqatgina Bank kengashiga boʻysunadigan mustaqil tuzilma faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil yanvar oyida Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida korrupsiyaga qarshi jamiyatning barcha aʼzolari “halollik vaksinasi” bilan emlanmas va korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga oʻtilmas ekan, oʻz oldimizga qoʻygan yuksak marralarga erisha olmasligimizni taʼkidlagan edi.
Oʻzsanoatqurilishbank tizimiga ham halollik standartlarini joriy etish, bunda korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning taʼsirchan tizimini yaratish, xodimlar zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank singari davlat tashkilotlari bilan bir qatorda xalqaro tashkilotlar, xususan Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti, shu sohada nufuzli xorijiy nufuzli tashkilotlarda faoliyat koʻrsatayotgan xorijdagi vatandoshlarimiz bilan hamkorlikda Bankda yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish boʻyicha 2020-2021-yillarga moʻljallangan “yoʻl xaritasi” ishlab chiqilmoqda.
“Yoʻl xaritasi” Bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini joriy qilish, zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish koʻlamini yanada kengaytirish, davlat xaridlari va byudjet mablagʻlarini sarflashda, mijozlarga xizmat koʻrsatishda va xodimlarni ishga olish jarayonlarida shaffof va samarali tizim joriy qilish, jamoatchilik nazoratining taʼsirchan shakllaridan foydalanish samaradorligini oshirish singari vazifalarni oʻzida qamrab olgan.
Endilikda Bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha maxsus komissiya va alohida tuzilma tomonidan halollik standartlarini joriy qilish boʻyicha tizimli ishlash yoʻlga qoʻyiladi. Hozirgi paytda ichki nazorat (“komplayens-nazorat”) hamda risk menejmenti tizimlari faoliyati tubdan isloh qilinib, amaldagi meʼyoriy huquqiy hujjatlar oʻrganilib, siyosat, ichki tartiblar va sohaga oid boshqa meʼyoriy huquqiy hujjatlar ishlab chiqilmoqda.
Qayd etish kerakki, korrupsion xavf-xatarlarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida kompleans funksiyalarni amalga oshiruvchi xodimlardan soha boʻyicha nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishlikni taqozo etadi. Shu maqsadda joriy yil soʻngiga qadar ularni nafaqat mahalliy, balki xorijiy tajribadan ham xabardorligini oshirishga qaratilgan oʻquvlar tashkil etib, tegishli xalqaro sertifikatlarga ega boʻlishi ustida ish olib borilmoqda.
Bank Axborot xizmati
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...