28-mart kuni O’zsanoatqurilishbank Bosh ofisida Markaziy bank, SQB hamda “Sen kuchlisan” loyihasi hamkorligida onkologik va gematologik kasalikka chalingan bolajonlar uchun xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida bolajonlar tomonidan chizilgan suratlarning kimoshdi savdolari ham o’tkazildi. Unda yig’ilgan mablag’lar esa O’zbekistonda onkologiyaga chalingan bolalar o’rtasida o’lim ko’rsatkichlarini pasaytirishga sarflanadi.