Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank filiallararo operatsiyalarni yagona bank kodiga oʻtkazdi


06.07.2022 09:16

Oʻzsanoatqurilishbank tizimidagi barcha filiallarni yagona bank kodigaoʻtkazish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. 
Oʻzbekiston bank tizimida xizmat koʻrsatish jarayonlarini mijozga yoʻnaltirilganlik tamoyili asosida qurish raqobat muhitining asosiy omillaridan biriga aylandi.
Shu bois Oʻzsanoatqurilishbank tizimida Prezidentimizning 2020-yil 12-maydagi “2020-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqilib, ilgʻor bank biznesi faol oʻzlashtirilmoqda.
Xususan, filiallararo operatsiyalarni yagona bank kodiga oʻtkazish tizimida bankning biznes modeli qayta koʻrib chiqildi.
Bek-ofisga tegishli funksiyalar markazlashtirildi. Bankning barcha filiallari Bank xizmatlari markaziga aylantirilib, faqatgina mijozlarga xizmat koʻrsatuvchi zamonaviy bank ofisi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Filiallararo operatsiyalar yagona bank kodiga oʻtkazildi.
Natijada, mijozlarga xizmat koʻrsatishda quyidagi qulayliklar yaratiladi:
– mijozlar bank hisobvaragʻi ochilgan joydan qatʼi nazar, bankning istalgan nuqtasidan bank xizmatlarining toʻliq spektr xizmatlarini olish imkoni yaratiladi;
– bank mahsulotlari qatori kengaytirilib, mijozlarga xizmat koʻrsatish jarayoni sezilarli darajada tezlashtiriladi;
– mijozlar tomonidan ularning bank tarmoqlaridagi har qanday boshqa hisobvaraqlariga toʻlovlari bank xizmat haqisiz oʻtkaziladi;
– mijozlar hisobraqamlariniistalgan hududdagi bank tarmogʻiga oʻtkazish va xizmat koʻrsatishdabank rekvizitlari oʻzgarishsiz saqlab qolinishi qayd etildi;
– mijozga xizmat koʻrsatilayotgan tarmoq vakillik hisob raqami holatidan qatʼiy nazar, uning barcha turdagi toʻlovlari uzluksiz va toʻsiqlarsiz amalga oshirilishi taʼminlanadi;
– mijozlarga yagona bank kodi tizimida xizmat koʻrsatish bankning mobil ilovasi va masofaviy xizmat koʻrsatish dasturlari orqali toʻlovlar va operatsiyalar uzluksiz holatda bajarilishi yuzaga keladi;
– front-ofis xodimlari tomonidan bank mijozlariga tezkor xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilib, ushbu boʻlimga tegishli barcha amaliyotlar bitta tizimda, yaʼni “Yagona oyna – CRM” dasturida amalga oshiriladi.


Maʼlumot uchun. Yagona bank kodi – bu Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan taqdim etilib, mijozning bank hisob raqami boʻyicha majburiy rekviziti hisoblanadi.


Bank Axborot xizmati.





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 06.07.2022 09:53  
up