Yangiliklar

O‘zsanoatqurilishbankning sug‘urta kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tkazildi


16.04.2019 12:11

O‘zsanoatqurilishbankning sug‘urta kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zsanoatqurilishbank qoshida tashkil etilgan “PSB Insurance” sug‘urta kompaniyasiga sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019-yil 20-martdagi buyrug‘iga asosan “PSB Insurance” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi sug‘urta kompaniyasiga 2019-yil 5-aprel kuni sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha litsenziya berildi.

“PSB Insurance” sug‘urta kompaniyasi umumiy sug‘urta sohasining 17 klassi bo‘yicha ixtiyoriy sug‘urtani amalga oshiradi. Xususan, kompaniya baxtsiz hodisalardan va kasallikdan ehtiyot shart sug‘urta qilish, yer usti transport vositalarini sug‘urtalash, aviatsiya va dengiz sug‘urtasi, yo‘ldagi mol-mulni sug‘urta qilish, mol-mulkni olovdan, tabiiy ofatlardan hamda zarardan sug‘urtalash, avtofuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish, kreditlarni hamda kafillikni sug‘urtalash, boshqa moliyaviy tavakkalchiliklarni sug‘urta qilish singari yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatadi.

“PSB Insurance” sug‘urta kompaniyasining tashkil etilishi O‘zsanoatqurilishbank mijozlariga bank-moliya xizmatlarini kompleks tarzda ko‘rsatish imkonini beradi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...

03.12.2024 21:35:51
AQSHda ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zbekiston” biznes-forumi o‘tkazildi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...


Дата последнего обновления: 17.10.2019 13:35  
up