Все Кредиты
Joriy yilning 2-mart kuni Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB guruhiga kiruvchi “SQB Securities” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga litsenziya berildi. Yangi kompaniya investitsion vositachi, investitsion konsultant, shuningdek, investitsion aktivlarning ishonchli boshqaruvchisi hisoblanadi.
“SQB Securities” direktori Amur Jalilov ta’kidicha, kompaniya xalqaro kapital bozoriga chiqish hamda xalqaro va mahalliy bozorlar o‘rtasida asosiy bog‘lovchilik o‘rnini mustahkamlashga e’tibor qaratadi. Shu maqsadda ham mahalliy, ham xalqaro hamkorlar bilan investitsiya-bank sohasida hamkorlikni mustahkamlash orqali kapital bozoriga innovatsion yechimlar, mahsulot va xizmatlar tatbiq etiladi.
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov tijorat banklarining kapital bozoriga professional ishtirokchilar sifatida faol kirib kelishini olqishladi. “Biz kompaniyalarimizning xususiylashtirish jarayonida chet ellik investorlarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash hamda kapital bozorining likvidligini oshirish uchun banklarimiz va xalqaro investitsiya kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish niyatidamiz”, dedi jumladan O.Nazirov.
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...