Все Кредиты
Joriy yilning 18-19-iyun kunlari Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan O‘zbekistonda savdoni moliyalashtirishni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zsanoatqurilishbank xodimlari uchun trening tashkil etildi.
OTBning Savdoni moliyalashtirish dasturi (TFP) doirasida o‘tkazilgan ikki kunlik seminarda eksportgacha va importdan keyingi moliyalashtirish, ta’minot zanjirini tashkil etish, tranzaksiyalar tuzilmasi, shuningdek mijozlar tomonidan sotuvlar darajasi tahlili bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.
“Biz O‘zsanoatqurilishbank bilan hamkorlik qilayotganimizdan mamnunmiz va bankning O‘zbekistonda savdoni moliyalashtirish salohiyatini oshirish borasidagi tashabbuslariga ko‘maklashishga tayyormiz. TFP dasturi O‘zbekistonda kompaniyalarni rivojlantirishda muhim vositalar hisoblangan savdo va ta’minot zanjirini moliyalashtirishni oshirish maqsadida hamkor-bank xodimlari malakasini oshirishga qaratilgan», dedi OTBning xususiy sektor amaliyoti departamenti huzuridagi investitsiyalar bo‘yicha eksperti Nana Xurodze.
O‘zbekistonning yetakchi banklaridan biri bo‘lgan O‘zsanoatqurilishbank OTB bilan 2013 yildan buyon ishonchli va mustahkam sheriklik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Bank ushbu munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida OTBning xodimlar uchun o‘quv seminari tashkil etish bo‘yicha taklifini qabul qildi. Shuningdek, O‘zsanoatqurilishbank OTBning xizmat va turli xalqaro loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ish tajribasini yuksak qadrlaydi. Shu bois ilg‘or tajribani o‘rganish maqsadida OTB ekspertlari bilan uchrashuvni qiziqish bilan kutdi. Chunki bu kabi barcha mazmundagi hamkorlik Bank faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga ishonadi”.
“Biz Nana Xurodze xonim bilan mamlakatimizda OTB vakillarini samimiy qutlaymiz. Umid qilamizki, o‘quv dasturini amalga oshirishga bag‘ishlangan mazkur tashrif muassasalarimiz o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi va OTBning yuqori darajadagi standartlariga muvofiq biznesni yuritishga ko‘maklashadi”, dedi Bank Boshqaruvi Raisining birinchi o‘rinbosari S.Annaklichev.
«AAA» kredit reytingiga tayanib, TFP 200 dan ziyod hamkor-banklarga kafolatlar hamda kreditlar taqdim etadi. Bu Markaziy Osiyodagi ko‘plab kompaniyalarga import va eksportni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surishga omil bo‘ladi.
2009 yildan buyon OTBning TFP Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlardagi 15 mingdan ortiq kichik va o‘rta biznes sub'yektlariga turli tranzaksiyalarni o‘tkazishga yordam bermoqda. Bu aniq ko‘rsatkichlar kesimida tovarlar va xizmatlar, shu jumladan, tibbiy mahsulotlar va iste’mol mollarini ishlab chiqarish kabi tarmoqlarga yo‘naltirilgan umumiy qiymati 36 mlrd. AQSh dollaridan ziyod 21 000 tranzaktsiyani o‘z ichiga oladi.
Ma’lumot. 2018 yilga kelib TFP darajasi qariyb 40 foizga oshdi va 4470 tranzaksiyani amalga oshirish orqali 6,2 mlrd. dollariga teng savdoga ko‘maklashildi. TFP “bilim mahsulotlari”ni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jarayonini, shu jumladan, savdoni moliyalashtirish bozoridagi dolzarb muammolarni aniqlashga sifat jihatdan ta’sir etuvchi tadqiqotlarni boyitmoqda. Bank sohasida ayollar rolini oshirish uchun tashabbuslarga ko‘maklashmoqda, atrof-muhitni muhofaza qilishga doir yondashuvlarni takomillashtirmoqda, shuningdek, jahon moliyaviy tizimda transparentlikni ta’minlash orqali jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha tashabbuslarga ko‘maklashmoqda.
TFP moliya, savdo, tavakkalchiliklarni boshqarish va firibgarlikning oldini olish masalalari bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarni oshirish uchun ham seminar va treninglar tashkil etadi.
Umuman, OTB Osiyo-Tinch okeani mintaqasida qashshoqlikni bartaraf etish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirish orqali rivojlangan, ochiq va barqaror iqtisodiyotni barpo etish tarafdoridir.
Ta’kidlash joiz, 2018 yilda OTB qiymati 21,6 mlrd. dollariga teng yangi kredit va grantlar bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilgan.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...